KM Studio — Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-sentabr · English

KM Studio — Google Flow'da rasm va video generatsiyasini partiyalab bajaradigan Chrome kengaytmasi. Bu hujjat kengaytma qanday ma'lumot yig'ishini, nima uchun yig'ishini va nimani yig'MASLIGINI tushuntiradi.

Eng qisqa javob: biz sizning promptlaringizni, yaratgan rasm va videolaringizni ko'rmaymiz va saqlamaymiz. Ular brauzeringiz bilan Google Flow o'rtasida qoladi. Bizning serverimizga ishlatishdan faqat nechta generatsiya qilganingiz soni boradi (statistika uchun). Yagona istisno — o'zingiz yuboradigan xato hisoboti (1-v bo'lim). Prompt hamma tarifda cheksiz; pullik Pro tarif qo'shimcha funksiyalarni ochadi (1-g bo'lim).

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

a) Google hisobi bilan kirganingizda

Kirish faqat Google orqali amalga oshadi. Google bizga quyidagilarni beradi:

Ma'lumotNima uchun kerak
Google hisobingizning doimiy identifikatori Hisobingizni tanish. ⭐ Biz aynan shu identifikatorga tayanamiz, emailga emas — shuning uchun Gmail manzilingizni o'zgartirsangiz ham hisobingiz va obunangiz saqlanib qoladi
Email manzilHisobni ko'rsatish, obuna va to'lov bo'yicha bog'lanish
Ism va profil rasmiKengaytma panelida kim sifatida kirganingiz ko'rinishi uchun

Biz Google'dan faqat openid, email va profile ruxsatlarini so'raymiz. Gmail xatlaringiz, Google Drive fayllaringiz, kontaktlaringiz, kalendaringiz va boshqa hech qanday Google ma'lumotingizga bizning kirish huquqimiz yo'q — texnik jihatdan ham imkonsiz.

Parolingizni biz hech qachon ko'rmaymiz va saqlamaymiz: parolni faqat Google o'zining sahifasida qabul qiladi.

b) Kengaytma ishlashi uchun

Ma'lumotNima uchun kerak
O'rnatish identifikatori (install_id) — kengaytma o'rnatilganda yaratiladigan tasodifiy raqam Shu kompyuterni tanish: bir martalik tekin Pro sinovi har kompyuterga faqat BIR marta berilishi va hisobga kirmaganlar ishlatishini sanash uchun
Qurilma nomi — operatsion tizim va brauzer versiyasi (masalan «Windows · Chrome 141») Bir hisobga ulangan qurilmalar ro'yxatini ko'rsatish va ularning sonini cheklash (obuna tarqalishining oldini olish)
Kunlik generatsiya soni (faqat raqam) Foydalanish statistikasi (kunlik limit qayta yoqilsa — uni hisoblash)
Sinov belgilari: Google hisob identifikatori va o'rnatish identifikatori (ikkalasi yuqorida), hamda tarmoq manzilingizning tuzli bir tomonlama xeshi (IPv4 manzil yoki IPv6 /64 — manzilning o'zi saqlanmaydi) 3 kunlik tekin Pro sinovini faqat bir marta berish va bir odam ko'p hisob bilan sinov yig'masligi uchun. Hisob turguncha saqlanadi; tarmoq xeshi faqat 30 kun ichida solishtiriladi
Telegram chat ID — faqat botda Telegramni ulasangiz To'lov va obuna xabarlari; Pro'da «navbat tugadi» xabari (faqat sonlar: nechtasi tayyor / xato)
To'lov identifikatori va summasi — faqat obuna sotib olsangiz To'lovni tasdiqlash va obunani faollashtirish

To'lov karta ma'lumotlaringiz (karta raqami, muddati, CVV) bizning serverimizga umuman kelmaydi — ularni to'lov tizimining o'zi qabul qiladi.

v) Faqat xato hisoboti yuborsangiz yoki yordamga yozsangiz

Ma'lumotNima uchun kerak
Xato hisoboti — faqat kengaytmada «Xato haqida xabar berish» tugmasini bosib, tasdiqlaganingizda yuboriladi: kengaytma versiyasi, interfeys tili, kengaytma jurnalining oxirgi qismi (unda prompt sarlavhasi yoki matni va fayl nomlari bo'lishi mumkin), panel sozlamalari va brauzer user-agent'i Dasturchi xato sababini topishi uchun. Hisobot serverimizda ko'pi bilan 7 kun saqlanadi va dasturchining Telegram chatiga fayl sifatida yetkaziladi. Tugmani bosib tasdiqlamasangiz, hech narsa yuborilmaydi
Yordam xabarlari — @KMStudioPro_bot botida «Adminga yozish» dan keyin yozgan yoki biriktirgan narsalaringiz; murojaat yozuvi (Telegram chat ID, murojaat raqami, hisobingiz emaili va tarifi, vaqtlar) Xabaringizni dasturchiga yetkazish va javobni sizga qaytarish uchun. Murojaat yozuvlari ko'pi bilan 180 kun saqlanadi
Bot javob topa olmagan yordam savollari (savol matni, Telegram chat ID, til; faqat oxirgi 300 tasi) Qo'llanma javoblarini yaxshilash uchun

g) Bepul va Pro tariflar

Prompt hamma uchun cheksiz. Pullik Pro tarif qo'shimcha funksiyalarni ochadi (fonda upscale, bir vaqtda 2–5 rasm, bir promptdan x3–x4 natija, galereya ZIP, kadr zanjiri, Telegram xabari, xato promptlarni avtomatik qayta yuborish, CSV hisobot). Google bilan kirsangiz Pro'ni 3 kun tekin, bir marta sinab ko'rishingiz mumkin — karta so'ralmaydi, o'zi tugaydi. Sotuvchi — KM Studio, Google emas. Sotuv va qaytarish shartlari: kontent-markazi.pages.dev/shartlar.

2. Nima YIG'ILMAYDI

3. Kengaytma ruxsatlari nima uchun so'raladi

RuxsatNima uchun
debugger Google Flow'ning matn maydoni oddiy dasturiy yozuvni qabul qilmaydi — promptni kiritishning texnik jihatdan yagona ishlaydigan yo'li shu. U faqat Google Flow sahifasida va faqat siz «Boshlash» tugmasini bosganingizda ishlatiladi
downloads Tayyor rasm/videoni to'g'ri raqam bilan nomlab yuklab olish
storage Sozlamalaringizni va kirish holatini brauzeringiz ichida saqlash
identity Google bilan kirish oynasini ochish
tabs Google Flow varag'i ochiqligini bilish va uni faollashtirish. Boshqa varaqlaringizning manzili o'qilmaydi va hech qayerga yuborilmaydi
sidePanel Kengaytmaning o'z yon panelini ochish (butun ishchi oyna shu panelda)
notifications Uzun navbat tugaganda brauzer bildirishnomasi — boshqa ish bilan band bo'lsangiz ham xabar yetsin
cookies (ixtiyoriy) FAQAT siz «🧹 Flow keshi» tugmasini bosganingizda va FAQAT Google Flow domenidagi tezlik-chegarasi cookie'sini tozalash uchun. Ruxsat bermasangiz kengaytma ishlashda davom etadi
host_permissions labs.google va flow.google.com — ish shu yerda bajariladi; kontent-markazi.pages.dev va km-studio-api…workers.dev — bizning serverimiz (hisob, tarif, sinov). Boshqa saytlarga kirish huquqi YO'Q

3-bis. Google foydalanuvchi ma'lumotidan cheklangan foydalanish (Limited Use)

KM Studio ning Google API'laridan olingan ma'lumotdan foydalanishi va uni uzatishi Google API Services User Data Policy ga, jumladan Limited Use talablariga to'liq mos keladi.

Aniq qilib aytganda, Google hisobingizdan olinadigan ma'lumot (openid, email, profile):

Promptlaringiz, rasm va videolaringiz Google API ma'lumoti EMAS — ular brauzeringiz bilan Google Flow o'rtasida qoladi va bizning serverimizdan o'tmaydi — o'zingiz yuborgan xato hisobotidagi jurnal parchasi bundan mustasno (1-v).

4. Ma'lumot kimlarga beriladi

Biz ma'lumotingizni hech kimga sotmaymiz va reklama maqsadida ishlatmaymiz. Ular faqat quyidagi xizmatlar orqali o'tadi:

Qonun talab qilgan holatlarda rasmiy so'rov asosida ma'lumot berilishi mumkin.

5. Xavfsizlik

6. Qancha vaqt saqlanadi

7. Sizning huquqlaringiz

Istalgan vaqtda quyidagilarni so'rashingiz mumkin:

Buning uchun quyidagi manzilga yozing. Hisobni o'chirish so'rovi 30 kun ichida bajariladi.

8. Bog'lanish

📧 behzodbekolimov@gmail.com

9. O'zgarishlar

Bu siyosat o'zgarsa, yuqoridagi «Oxirgi yangilanish» sanasi yangilanadi va muhim o'zgarish bo'lsa kengaytma ichida xabar beriladi.


KM Studio — Privacy Policy

Last updated: 25 September 2026

KM Studio is a Chrome extension that runs batch image and video generation on Google Flow. This document explains what data the extension collects, why, and what it does not collect.

Short version: we do not see or store your prompts or the images and videos you generate. Those stay between your browser and Google Flow. Our server only receives a count of how many generations you ran (statistics; prompts are unlimited) — plus a problem report, only if you choose to send one.

1. Data we collect

From Google Sign-In: your Google account's stable identifier, email address, name and profile picture. We request only the openid, email and profile scopes. We have no access to your Gmail, Drive, Contacts, Calendar or any other Google data. We never see or store your password.

For the service to work: a random installation identifier, a device label (operating system and browser version), your daily generation count, free-trial markers (account and installation identifiers plus a salted one-way hash of your network address — so the one-time 3-day Pro trial is given only once), your Telegram chat ID if you link Telegram, and — only if you purchase a subscription — the payment transaction identifier and amount. Card details never reach our servers; they are handled by the payment provider. Terms of sale and refunds: kontent-markazi.pages.dev/shartlar.

2. What we do NOT collect

Your prompts; the images and videos you generate; your browsing history; your passwords; any data from other Google services.

Only if you choose to: pressing «Report a problem» in the extension and confirming sends the extension version, language, settings, browser user-agent and the latest part of the extension's log (which can contain prompt text and file names) to our server, where it is kept for up to 7 days and delivered to the developer's Telegram. Messages you send to the support bot @KMStudioPro_bot are forwarded to the developer; ticket records are kept for up to 180 days.

3. Extension permissions

debugger — the only technically working way to enter text into Google Flow's editor; used only on the Google Flow page and only when you start a batch. downloads — to save results with correct file names. storage — to keep your settings inside your browser. identity — to open the Google sign-in window.

4. Sharing

We do not sell your data and do not use it for advertising. It passes only through Google (authentication), Cloudflare (hosting and database, stored in the Eastern Europe region) and, if you subscribe, the payment provider. We may disclose data if required by law.

5. Security

All traffic is encrypted over HTTPS. Session keys are stored only as irreversible hashes. Access tokens expire after 15 minutes and long-lived keys are rotated on every use, so a stolen key cannot be reused. We store no passwords at all.

6. Retention and your rights

Account data is kept until you ask us to delete it; deletion requests are completed within 30 days. You may request a copy of your data, full deletion of your account, or disconnect a device (which you can also do yourself in the extension's Devices section).

7. Contact

📧 behzodbekolimov@gmail.com